Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 Yan, 2008

Sardor Rasulov: «Nortoy» filmi haqida…

Sardor RasulovSB.uz portali orqali Jahongir Poziljonovning yangi filmi «Nortoy» haqida muntazam ravishda eng so’ngi yangiliklarni siz aziz foydalanuvchilarimizga yetkazib borishga harakat qilib kelmoqdamiz. Bugun esa, «Nortoy» filmining postanovkachi operatori Sardor Rasulov bilan bo’lgan ochiq suhbatni e’tiboringizga havola etamiz. Shuningdek, filmdan olingan eng sara suratlardan ham bahramand bo’lishingiz mumkin.

«Nortoy» filmining olinish jarayoni taxminan 2 oyga cho’zildi. Film dastlab «Shallaqi» deb nomlangan edi, lekin keyinchalik ushbu nom film mazmuniga mos kelmaganligi uchun uni «Nortoy» deb o’zgartirishga qaror qilindi. Bu film komediya janrida suratga olindi. Men o’ylaymanki, ushbu film ko’proq yoshlarbop hisoblanadi. Bu filmda o’zbek kino san’atining buyuk aktyorlari ham o’ziga xos rollar ijro etishgan. Filmni suratga tushirishda bizlarga «Zamin film» hamda «Fond forum» yaqindan yordam berdi. Ular bilan hamkorlikda ishladik. «Nortoy» filmining rejissori Jahongir Poziljonov. Film scenariysini Jahongir Poziljonov va Sherzod O’lmasov yozishgan. Bundan avval esa ular, «Boyvachcha» filmining ham scenariysini yozishgan edi. «Akfa Media» ijodiy jamoasi esa, ushbu filmni suratga tushirish uchun texnika vositalari bilan ta’minladi. Filmda buyuk aktyorlar bilan birga, yosh xonandalar ham rol ijro etishdi. Bunga misol qilib, Mirjamol, Ziyoda, Jahongir Poziljonov, Mo’minlarni aytib o’tish mumkin. Mirjamol «Nortoy» filmi orqali birinchi bor katta ekranga chiqadi. Men o’ylaymanki, ushbu filmda Mirjamol yana bir qirrasini ochib beradi. Ziyoda esa, ushbu filmda ilk marotaba bosh rollardan birini talqin etadi. Bilasiz, bundan avval esa, u «Boyvachcha» filmida ham rol ijro etgan edi. Fursatdan foydalanib, Ziyodani 7-yanvar kuni o’tib ketgan tug’ilgan kuni bilan chin dildan tabriklayman. Kelgusi ishlarida omad tilayman. «Nortoy» filmi tug’ilgan kunidan kechroq bo’lsa ham sovg’a bo’ladi deb o’ylayman. Hozirgi kunda filmning dublyaj ishlari olib borilmoqda.
«Nortoy» filmida kamina Sardor Rasulov, postanovkachi operator bo’ldim. Bu mening birinchi ishim hisoblanadi. Bundan avval esa, bir qancha estrada yulduzlarimiz uchun klip suratga olganman. O’ylaymanki, kino sohasidagi ilk ishim muxlislarga birdek manzur bo’ladi. Film rejissori Jahongir Poziljonov bilan ishlash menga juda yoqdi. Jahongir akaning talabchanligi va ijodiy guruh bilan ishlashi menga juda yoqdi. Kelajakda Jahongir bilan oldinda juda ko’plab ishlarni birgalikda amalga oshiramiz. Jahongir akaga filmda juda katta muvaffaqiyatlar tilayman. «Nortoy» filmi nasib qilsa, o’zbek kinoprokatida yuqori o’rinlarni egallaydi, deb o’ylayman. Filmning prem’erasi taxminan fevral oyining boshlarida o’tkazilishi rejalashtirganmiz.

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 102 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *