Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 Apr, 2012

«Salom sevgi Hayr sevgi» filmi pre'merasi o'tdi!!!

Salom sevgi Hayr sevgi2012 yil 13 aprel kuni soat 18:00da Alisher Navoiy nomli kinosaroyda rejissor Akbar Bekturdievning «Salom sevgi Hayr sevgi» nomli yangi kinokartinasining keng ommaga ilk namoyishi, ya'ni prem'erasi bo'lib o'tdi. Har doimgidek film prem'erasi juda ham ko'p sonli tomoshabinlar olqishi ostida yuqori kayfiyatda o'tdi. Mana shu prem'era haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

«Salom sevgi Hayr sevgi» filmida har doimgidek oddiy bir muhabbat tarixi kuzatiladi, deb o'ylaganlar biroz xato qiladilar. Zero, unda g'ayrioddiy muhabbat namoyon bo'ladi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, nogiron, aqlan zaif yigitning, boy xonadonning go'zal qiziga bo'lgan muhabbati namoyish etilgan. Nafaqat aqli zaif yigit, balki o'sha go'zal qiz ham ushbu muhabbatning dardli sharobidan totib ko'rishiga to'g'ri keladi. Juda ham g'aroyib muhabbat, shunday emasmi? Bu holat sizga erish tuyulishi mumkin. Biroq, bu ikki qalb egasi, o'z qalblariga buyruq bera olmadilar. Film oxirida esa mutlaqo siz va biz kutmagan yakun ko'z oldimizda gavdalanadi. Filmni tomosha qilar ekansiz, o'z-o'zidan hozir mana shunday bo'ladi, deyishingiz mumkin. Ammo, bunday bo'lmaydi! Ishonavering, har bir epizodda siz kutmagan burilishlar yuz beradi. Yakun ham xuddi shunday. Film haqida barcha ma'lumotlarni sizga yetkazib berishimiz mumkin. Yaxshisi, bunday qilmaymiz. Siz o'zingiz kinoteatrga tashrif buyurib, filmni tomosha qilganingiz ming marotaba ma'qul! Film namoyishi 2012 yil 14 apreldan boshlab Toshkent shahri kinoteatrlarida bo'lib o'tadi.

Salom sevgi Hayr sevgi

Salom sevgi Hayr sevgi

Salom sevgi Hayr sevgi

Salom sevgi Hayr sevgi

Salom sevgi Hayr sevgi

Salom sevgi Hayr sevgi

Salom sevgi Hayr sevgi

Salom sevgi Hayr sevgi

Salom sevgi Hayr sevgi

Salom sevgi Hayr sevgi

Salom sevgi Hayr sevgi


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 315 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *