Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Salom sevgi» filmi katta ekranlarga chiqdi!!!
21 Fev, 2016

«Salom sevgi» filmi katta ekranlarga chiqdi!!!

Salom sevgi prem'era

Kecha, 20 fevral kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyda «Salom sevgi» kinokartinasining prem’erasi bo’lib o’tdi. Mazkur film uchun «Benom» guruhi yigitlari tomonidan ijro etilgan saundtrek darhaqiqat a’lo darajada chiqqan. Kinoni butun mazmunini ochib bera olgan desak, mubolag’a bo’lmasa kerak.

«Salom sevgi» filmi da avval xabar berganimizdek Sitora Alimjonova, Ulug’bek Abzalov, Hamid Toshpo’latov hamda Gulchehra Nosirovalar bosh rollarni ijro etishgan. Film rejissori ham bosh ijrochisi Ulug’bek Abzalovning o’zi hisoblanadi. Bu uning ilk rejissorlik ishi. «Salom sevgi» filmi bir qizning hayoti haqida hikoya qiladi. Avtohalokatda ko’zi ko’rmay qolgan qizni unashtirilgan yigiti tashlab ketadi. Ammo, taqdir uni boshqa bir yigit bilan yuzlashtiradi. Bu yigit esa qizni shu holicha sevib qoladi. Xullas, film haqida barcha sirlarni ochib o’tirmaymiz, yaxshisi o’zingiz tomosha qilib, bilib olganingiz ma’qul!

Psixolog fikri (Azizbek Axrorov): Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, filmning bosh qahramonlaridan biri ham, rejissyori ham Ulug’bek Abzalovdir. Ulug’bek Abzalovning rejissorlik  faoliyatidagi ilk mahsuloti «Salom sevgi» filmi bo’lishiga qaramasdan, u o’zini yosh, o’z ustida ishlashi lozim bo’lgan ammo ser qirra va katta imkoniyatlarga boy shaxs sifatida isbotladi. Albatta filmning o’ziga yarasha yutuq va kamchiliklari bor. Men «Salom sevgi» filmining ba’zi bir oxirigacha ishlanmay qolgan holatlariga urg’u berib o’tmoqchi edim. Masalan, Zilola ismli qahramon avtohalokatga uchraganda ko’zi ko’rmay qoladi, ammo yuzida bitta ham gard yo’q. Ko’zi avtohalokatdan keyin ko’rmay qoldi, qattiq asabiylashganidan emas, nima uchun unda Zilolaga toza havo tavsiya etiladi doktorlar tomonidan? Doniyor ismli qahramonimiz esa Zilolaga xat yozayotganda toshkent shahridagi shifoxonalardan birida yozadi, lekin xat qandaydir sirli holatga ko’ra burchmullada, Zilolaning Dodasini qo’liga kelib qoladi va hakazo… Ushbu vaziyatlar albatta mayda-chuydadek tuyulishi mumkin, biroq psixolog sifatida har bir filmning mantiqan oqlangan va hayotiyligi uni yuqori cho’qqilarga olib chiqishi mumkinligini aytib o’tishim mumkin. Bu fikrlarim bilan filmga aslo yomon baho qo’ymoqchi emasman, balki ta’kidlab o’tganimdek har bir kinokartinaning ham yutug’i ham kamchiligi bo’ladi. Aynan shunisi bilan qiziq, shu o’rinda filmning ijobiy tomonlarini ko’rsatishga harakat qilib ko’rsam. Dastavval, film ota-onalarga o’z farzandlarini qanchalik suymasin, ammo har bir amalning me’yori bo’lishi lozimligini, shu jumladan erkalatishning va siylashning ham me’yori bo’lishi lozimligini, yoshlarimiz sal boshqacha nigoh bilan qaragan insonni sevdimga tushib qolishi va bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi, oila kabi muqaddas rishtaga juda yengil nazar bilan qarashlari, haqiqiy sevgi aslida qanday ko’rinishda yoki haqiqiy sevgilisining salomatligi uchun yor qanday yo’qotishlarga tayyor bo’lishi kerakli va nihoyat ba’zi qo’shtirnoq ichidagi ota-onalar, farzandim uchun hamma narsaga tayyorman deyishadiyu, lekin farzand oldida ota yoki ona sifatida oxirigacha ma’suliyatni ololmasligi, olishni istamasligi kabi, boshqa ko’plab yashirin ma’noni film ijodkorlari, siz aziz tomoshabinlarga yetkazishga harakat  qilishgan. Takrorlanish bo’lsada aytib o’tmasdan loji yo’q, darhaqiqat «Benom» guruhi tomonidan ijro etilgan saundtrek filmning butun bor mohiyatini ochib bergan.

Quyida siz azizlar uchun film prem’erasida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 480 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *