Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Salom gruppadagilar» filmi 6-oktyabrdan!!!
26 Sen, 2014

«Salom gruppadagilar» filmi 6-oktyabrdan!!!

Salom gruppadagilarMilliy kinoindustriyamizda filmlar suratga olish ishlari tobora kuchayib bormoqda. Kinoijodkorlar imkon qadar saviyali, chiroyli va qiziqarli kinokartinalarni suratga olish uchun harakat qilmoqdalar. Albatta bu o’z samarasini bermasdan qolmaydi. Kinorejissor Dilshod Ahmedov ham tinim bilmay ijod qilayotgan rejissorlar sirasiga kiradi.

Dilshod Ahmedovning navbatdagi filmi «Salom gruppadagilar» deb nomlanadi. Mazkur filmda bosh rollarda siz sevgan aktyorlar Shahzoda Muhammedova, Adiz Rajabov hamda Jasur Kenjaevlar bosh rollarni talqin etishgan. Film bugungi kunning eng ommabop mobil dasturlaridan biri bo’lgan «WhatsApp» dasturi bilan uzviy bog’liq. Aynan WhatsApp orqali tarqalgan Yulduz ismli bir qizning videoroliklari sabab mana shu film dunyoga kelmoqda. Nazarimda bu WhatsAppdan foydalangan har bir yoshlarni e’tiborini jalb qila oladigan mavzu. Shaxsan men uchun ham film g’oyasi qiziqarli tuyulmoqda. 6-oktyabrdan shahrimiz kinoteatrlarida namoyish etiladigan mazkur film prem’erasi 5-oktyabr kuni Kinochilar Uyi hamda Alisher Navoiy kinosaroylarida bo’lib o’tadi. Mazkur film prem’erasiga tashrif buyurib, film prem’erasidan maxsus fotoreportaj hamda film haqidagi maxsus maqolani sizlarga taqdim etamiz. Portalimizni kuzatib boring!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 149 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *