Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 Mart, 2009

Said Muxtorovdan yangi film: «Tavba»!

TavbaHozirda ketma-ket o’zbek filmlari keng ommaga havola qilib kelinmoqda. Ko’plab kartinalarning rejissori Said Muxtorov yangi film ustidagi ishlarni yakunlab, keng ommaga havola qilish uchun shay qilib qo’ydi. Yangi kartina avval «Oila» deb nomlangan edi. Lekin film tayyor holga kelganidan so’ng, uning nomi «Tavba» deb o’zgartirildi. Prem’era kuni ham aniq. Qachon deysizmi? U holda davomini o’qing.

«Tavba» kartinasi 25 kadr studiyasi mahsuloti.
Filmda Ubaydulla Omon, Shohida Ismoilova, Said Usmonov, Fotih Jalolov, Nodira Mahmudova va rejissor Said Muxtorovning o’g'li Sanjar Muxtorovning ham ishtirokini ko’rishimiz mumkin. Suratga olish ishlari 8 dekabr 2008 yil (ushbu kun musulmonlarning hayt bayramiga to’g'ri kelgan)da boshlangan va 12 kun davomida suratga olib bo’lingan. Janr jihatidan film tragik-komediya hisoblanadi.
Filmning ikkinchi rejissori Dinara Mamadalievaga nima sababdan filmning nomi «Tavba» deb murojaat qilganimizda, u quyidagicha javob berdi: «Avvaliga xabaringiz bor, filmning ishchi nomi «Oila» edi. Lekin filmning so’nggida bu kartina uchun «Tavba» nomi ko’proq to’g'ri kelishini tushunib yetdik». Film uchun maxsus saundtrek qo’shiqni «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist» Ozodbek Nazarbekov ijro qilgan bo’lsa, kartinada ishlatilgan maxsus musiqalarni bastakor Doniyor Agzamov yaratgan.

Filmning katta prem’erasi 20 mart kuni soat 18:00da poytaxtimizda joylashgan Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida bo’lib o’tadi.

Tavba

Tavba

Tavba

Tavba

Tavba

Tavba


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 108 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *