Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Royal Cinema» kinoteatriga marhamat!!!
30 Noy, 2014

«Royal Cinema» kinoteatriga marhamat!!!

Royal CinemaO’zbekistonda kinoteatrlar serob. Ularning har biri o’z tomoshabiniga ega. Biroq, ular orasida «Royal Cinema» kinoteatrini alohida ajratib ko’rsatish mumkin. Eng sifatli va eng qulay kinoteatrlardan biri bu shubhasiz «Royal Cinema» kinoteatridir.

SB.uz portali ijodiy jamoasi mazkur kinoteatr haqida to’liqroq ma’lumotga ega bo’lish uchun «Royal Cinema»ga tashrif buyurdi. Kinoteatr rahbariyati tashrif buyurgan tomoshabinlar uchun barcha qulayliklarni va imkoniyatlarni hozirlab qo’ygan. Toshkentdagi eng shirin popkorn ham shu yerda bo’lsa ajab emas. Kinoteatr o’rindiqlari ham juda qulay qilingan. Qahraton qishda ham mazkur kinoteatrda yozda o’tirgandek yengsiz ko’ylaklarda bemalol o’tirish mumkin. Ana endi bevosita kinoteatrning imkoniyatlariga e’tibor qaratsak. Eng yuqori sifatli raqamli 3D formatda ham filmlar namoyish etish uchun mo’ljallangan Dolby Digital Surround 7.1. EX ovoziga ega bo’lgan O’zbekistondagi yagona kinoteart. 3D filmlar «Christie» nomli zamonaviy kinoproektor orqali namoyish etiladi. Zalning istalgan o’rindig’ida o’tirgan holda filmni to’liq va ortiqcha qiyinchiliklarsiz tomosha qilishingiz mumkin. 310 kishiga mo’ljallangan mazkur kinoteatrda jahon kinosi durdonalarining prem’erasi butun dunyo bilan bir vaqtda bo’lishi ham e’tiborga molik. Xabaringiz bor «Royal Cinema» kinoteatri «Samarqand Darvoza» savdo markazining 4 qavatida joylashgan. Ayni kunlarda kinoteatrda «Madagaskar Pingvinlari» multfilmi filmi 3D formatda namoyish etilmoqda. Kinoteatrga oid yanada batafsil ma’lumotni www.royalcinema.uz sayti orqali bilib olishingiz mumkin. Vaqtingizni maroqli o’tkazishni istasangiz, «Royal Cinema» kinoteatriga tashrif buyuring!!!

Quyida siz azizlar uchun kinoteatrdan hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 531 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *