Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
6 Avg, 2008

«Quvg’in» katta ekranda!

O’zbek kino olamida ketma-ketlik ila turli xildagi filmlar turli yoshdagi tomoshabinlar uchun yaratilib kelinmoqda. Aynan yaratilayotgan filmlarning ko’pginasi tomoshabinlar yuragidan yaqin joy olmoqda desak aslo xato bo’lmaydi. Huddi shunday ko’pchilik tomoshabinlarning sevimli, »Bo’rilar» filmining uzviy davomi bo’lmish «Quvg’in» (Bo’rilar-2)ning bugun prem’era-taqdimot marosimi bo’lib o’tdi.

Alisher Navoiy kinosaroyiga muxlislar, mehmonlar, kino, televideniya hamda radio olami vakillari to’planishdi. Birozdan so’ng avtomobillar ketma-ketligida «Quvg’in» filmi ijodkorlari ham ushbu prem’eraga tashrif buyurishdi. Shundan so’ng sahnaga «O’zbegim taronasi» radiosining ikki nafar boshlovchisi Jamshid Xojiniyozov hamda Dilmurod G’ulomovlar chiqishib, davrani ochib berishdi va film scenariy muallifi hamda rejissori Zebo Navro’zovaga navbatni berishdi. O’z navbatida ular ham barcha film ijodkorlari va jonkuyarlarini tomoshabinlarga tanishtirib o’tgach, eng qizg’in palla, ya’ni filmning prem’erasiga navbat berildi. Albatta filmning o’zi haqida gapirsak gap ko’p. Chunki filmga tushgan tomoshabinlar prem’eradan so’ng ancha vaqt kinosaroyni tark etmagan holda kinoaktyorlarni tabriklashdan charchamadilar. Demak ushbu film ko’pchilikka yoqqan. Eslatib o’tamiz, filmda bosh rollarni Shohruhxon, Ulug’bek Tog’a, Jalil Mavlyanov, Bekzod Tojiev va Nilufar Usmonova kabi yosh va umidli kino hamda san’at vakillari ijro etishgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 90 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *