Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Fev, 2013

«Qudamni ko’rmadingizmi?» — Yangi kinokomediya!

Qudamni ko'rmadingizmi?«Qudamni ko’rmadingizmi?» — Ha yangi film ana shunday nomlandi. Javlon Shodmonov hamda Otabek Mirzaholovlar rejissorlik duetidagi film tez orada katta ekranga chiqadi. So’nggi paytlarda bu kinoijodkorlar tomonidan suratga olinayotgan filmlar qisqa fursat ichida ommalashib ketmotmoqda. Mazkur filmdan ham xuddi shunday natija kutilmoqda.

«Qudamni ko’rmadingizmi?» milliy kinokomediyasi 9 fevraldan katta ekranlarga chiqadi. 8 fevralda esa filmni katta prem’erasi bo’lib o’tishi rejalashtirilgan. Filmda siz-uz bizga yaxshi tanish bo’lgan kinoaktyorlarimiz Muhammadiso Abdulhayirov, Murod Rajabov, Saida Rametova, Zarina Nizomiddinova, Jahongir Poziljonov, Otabek Mirzaholov, Javlon Shodmonov, To’ti Yusupova, Jumadilla Rametov, Xosiyat Xusanova, Umid Iskandarov, Feruza Norboeva suratga tushishgan. «Qudamni ko’rmadingizmi?» filmi ssenariysini Javlon Shodmonov hamda Otabek Mirzaholovlar yozishgan bo’lsada, aslida film g’oyasi Muhammadiso Abdulhayirovga tegishli. O’zining ajoyib obrazlari bilan kinoshinavandalarni ko’ngliga yo’l topa olgan kinoaktyorning g’oyasi asosida suratga olingan filmni ham bir bora ko’rish qiziq bo’lsa kerak. Shunday ekan, marhamat 9-fevraldan boshlab «Qudamni ko’rmadingizmi?» filmini tomosha qilishga oshiqamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 2 919 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

  1. «Qaynonamni ko’rmadingizmi?» filmini qachon mobil telefonlarimizda ko’ramiz?

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *