Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Qudamni ko’rmadingizmi?» filmi prem’erasi bo’lib o’tdi!
8 Fev, 2013

«Qudamni ko’rmadingizmi?» filmi prem’erasi bo’lib o’tdi!

Qudamni ko'rmadingizmi?Bugun 2013 yil 8 fevral kuni soat 18:00da Alisher Navoiy nomli kinosaroyda Javlon Shodmonov hamda Otabek Mirzaholovlarning yangi «Qudamni ko’rmadingizmi?» nomli kinokomediyasi katta prem’erasi bo’lib o’tdi. Prem’eraga kino olamining eng mashhur yulduzlari, shou-biznes vakillari va albatta o’zbek kinosining eng ashaddiy shinavandalari tashrif buyurishdi.

Film nomi «Qudamni ko’rmadingizmi?» deb nomlangan bo’lsada, aslida sehrli uzuk haqida. Muhammadiso Abdulhayirov talqinidagi bosh qahramon bobosidan yodgorlik bo’lib qolgan sehrli uzukni topib oladi va hamma sarguzashtlar mana shundan so’ng boshlanadi. Bu uzukning sehri shundaki, ushbu uzukni taqqan shaxs ko’rinmas bo’lib qolish imkoniyatiga ega. Xo’sh, Muhammadiso Abdulhayirov ijro etgan bosh qahramon bu uzukdan qay yo’sinda foydalanadi? Qanday qiziqarli holatlarga duch keladi?
Maftunkor aktrisa Zarina Nizomiddinova mazkur filmda u qadar katta rol ijro etmagan bo’lsada, o’ziga berilgan vazifani mahorat bilan ado etgan. Murod Rajabov hamda Saida Rametovalarning ijrolariga ham gap-so’z bo’lishi mumkin emas. Film namoyishi ertadan, 9 fevral kunidan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida bo’lib o’tadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 2 664 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *