Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Qora mushuk» filmi prem’erasidan fotoreportaj!!!
27 Avg, 2014

«Qora mushuk» filmi prem’erasidan fotoreportaj!!!

Qora mushuk prem'eraSo’nggi paytlarda o’zbek kioijodkorlari tinimsiz yangi filmlar suratga tushirishmoqda va katta ekranlarga taqdim etishmoqda. Mana bugun ham yangi bir filmning prem’erasi bo’lib o’tdi. Aktyor va rejissor Sanjar Shodiev tomonidan suratga olingan «Qora mushuk» kinokomediyasi bugun katta ekranga chiqdi.

Bugun Alisher Navoiy kinosaroyida soat 18:00da Sanjar Shodievning yangi komediyasi prem’erasi bo’lib o’tdi. «Qora mushuk» deb nomlangan mazkur filmda darhaqiqat bosh rolda qora mushuk namoyon bo’ladi. Filmda asosiy rollarni Sanjar Shodiev, Rustam Sa’dullaev, To’xtamurod Azizov va yana bir qator ko’zga ko’ringan aktyor ava aktrisalar talqin etishgan. Kinokartinada voqealar rivoji aynan mana shu qora mushukni bir uydan haydab chiqarish uchun kechadigan harakatlarga qurilgan. Film uchun maxsus dekoratsiya qurilgan bo’lib, bu uy ko’rinishdagi dekoratsiyani mushukni tutish yo’lida butunlay vayronaga aylantirishadi.

Quyida siz azizlar uchun prem’era jarayonida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 879 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *