Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Mirtohir Mirg'ulomov
Art by Sofia
Bo'limlar menyusi
«Qitmir kampir» filmi prem’erasi bo’lib o’tdi!!!
10 Mart, 2017

«Qitmir kampir» filmi prem’erasi bo’lib o’tdi!!!

Qitmir kampir prem'eraBugun, 9-mart kuni Alisher Navoiy kinosaroyida yana bir yangi kinokartinaning prem’erasi bo’lib o’tdi. «Qitmir kampir» deb nomlangan yangi kinokomediya debyutant rejissor Go’zal Yusupova tomonidan suratga olingan bo’lib, bir yoshi katta ayolning turli qitmirliklari haqida hikoya qiladi.

Bu qitmir kampir rolini kim ijro etgan degan savolga javobni fotosuratlar orqali ham bilib olgan bo’lsangiz ajab emas. O’zbekiston Respublikasi xalq artisti Aziza Begmatova tomonidan talqin etilgan mazkur obraz tomoshabin diqqatini tortmay qolmaydi. Shuningdek rollarda Xushnud Sayfutdinov, Bobur Pirmatov, Sardor Orziev, Bobur Omonov, Komila Boboxonova, Kumush O’ktamova, Madina Bozorboeva, Qobil Karimberdiev, Shahlo Karimova, Zokir Omonov va boshqalar suratga tushishgan. Qiziqarli syujet asosida suratga olingan mazkur filmni bir bora bo’lsada tomosha qilishni tavsiya etamiz!

Quyida siz azizlar uchun prem’era davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 6 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *