Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
7 Avg, 2011

Poziljonovning «Andijonlik mehmoni»!

Bojalar«Bojalar» guruhi xonandasi Jahongir Poziljonovning navbatdagi filmi «Andijonlik mehmon» nomli kinokomediya hisoblanadi. Ushbu film ssenariy muallifi Sherzod O'lmasov. Film bugungi kunda ommalashayotgan milliy komediya janrida suratga olingan. Montaj ishlari davom etayotgan kartina tez kunda muxlislar hukmiga havola qilinadi.

«Andijonlik mehmon» filmi 2 oy mobaynida suratga olingan bo'lib, mazkur filmda bosh rollarni Jahongir Poziljonov, Umidaxon hamda Muhammadiso Abdulxayirov kabi bir qator taniqli aktyor va aktrisalarimiz ijro etishgan. Domigidek, bu kartina uchun ham maxsus saundtrek kuylangan bo'lib, uni «Bojalar» guruhi, Ziyoda, Ruhshona hamda Umidaxon ijro etdilar. Ushbu qo'shiq uchun klip ham suratga tushirib bo'lingan. Tez kunda telekanallar orqali tomosha qilishingiz mumkin. «Andijonlik mehmon» filmi avgust oyi oxirlarida katta ekranga chiqishi mo'ljallanmoqda. «Bojalar» guruhining «Muhabbat» deb nomlangan qo'shig'iga Jasur Shametov rejissorligi ostida klip suratga olindi. Ushbu klipni ham TV kanallari orqali ko'rishingiz mumkin.

 

Bojalar


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 129 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *