Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Payshanbadan payshanbagacha» katta ekranlarda!!!
16 Mart, 2013

«Payshanbadan payshanbagacha» katta ekranlarda!!!

Payshanbadan payshanbagachaKecha 15 mart kuni soat 18:00da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida Javlon Shodmonov hamda Otabek Mirzaholovlarning yangi «Payshanbadan payshanbagacha» nomli super kinokomediyasi bo’lib o’tdi. Ajoyib rejissorlar juftligi tomonidan suratga olingan mazkur filmni ikkinchi nomi «O’zbekcha jumanji» deb nomlanadi. Aslida bu asosiy nom bo’lishi kerak edi, nazarimda!!!

Bunday deyishimizga sabab, filmdagi voqeliklar «Jumanji» filmi yo’nalishiga o’xshab ketadi. Filmda Tolib Mo’minovning Zarina Nizomiddinovaga, ya’ni ayol kishiga aylanishi, Muhammadiso Abdulhayirovning 6 yoshli bolakayga aylanib qolishi, Jumadilla Rametovni o’t o’chiruvchi hodimga aylanishi va Shukrullo Isroilovning kulgudan o’zini tiya olmasliklariga asosiy sabab «Jumanji» shaklidagi kitob bilan bog’liq. Juda ham qiziqarli voqealarga boy kinokomediyaga kulish ta’qiqlangan insonlar tashrif buyurishini tavsiya etmaymiz. Zero, kulgudan o’zingizni qo’yarga joy topa olmasligingiz aniq. Shunday ekan, miriqib xordiq chiqarish va mazza qilib kulishni istovchilarni «Payshanbadan payshanbagacha» kinokomediyasiga taklif etib qolamiz. Alisher Navoiy kino saroyi, Kinochilar Uyi, «G’uncha», «Vatan» va «Aziya» kinoteatrlarida «Payshanbadan payshanbagacha» kinokartinasi bugundan boshlab namoyish etilmoqda. Albtta filmni tomosha qiling!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 494 ta o'qildi | 2 izohlar.

COOL.SB.uz -

2 Izohlar

  1. Скачать киса буладуми ???

    • Yo’q bizda filmlar ko’chirib olish uchun berilmaydi.

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *