Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Modern Mebel
Bo'limlar menyusi
«Payshanbadan payshanbagacha 2» prem’erasi bo’lib o’tdi!!!
25 Avg, 2015

«Payshanbadan payshanbagacha 2» prem’erasi bo’lib o’tdi!!!

Payshanbadan payshanbagacha 2

Bugun 2015 yil 25 avgust sanasida soat 17:00da Kinochilar uyida, soat 18:00da esa Alisher Navoiy nomli kinosaroyida kinorejissor Javlon Shodmonovning yangi «Payshanbadan payshanbagacha 2″ filmining prem’erasi bo’lib o’tdi. Anchadan buyon sog’ingan komediyalarimizdan biri yana katta ekranda!!!

Javlon Shodmonovning «Payshanbadan payshanbagacha» kinokartinasining ilk qismi ham tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan edi. Mana bugun esa kinosaroyni to’ldirib o’tirib, o’z kulgulari bilan prem’eraga yanada fayz kiritgan kinotomoshabinlar haqiqiy xordiq chiqarishgan bo’lsa ajab emas. Muhammdiso Abdulhayirov, Shukrullo Isroilov, Farhod Abdullaev kabi iste’dodli yumoristik aktyorlar ansambli ijrosidagi «Payshanbadan payshanbagacha 2″ kartinasi omadli start oldi, desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Ertadan yurtimiz kinoteatrlarida keng namoyishi boshlanadigan mazkur filmni albatta bir bor bo’lsada tushib tomosha qilishni tavsiya etamiz.

Quyida siz azizlar uchun film prem’erasi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 3 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *