Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
7 Apr, 2007

"Panoh"… Siz kutmagan film!

Panoh filmiKun sayin yangi filmlar katta ekranlarni zabt etmoqda. Ularning qay biridir tomoshabin qalbini, yana qay biridir nafratini qozonmoqda… Xo’sh, «O’zbekkino» milliy agentligi tashabbuskorligi bilan suratga olinayotgan yangi «Panoh» filmi o’z tomoshabinini topa olarmikin?

Agarda film ijodiy guruhiga va ularning shu kunga qadar suratga olgan filmlariga nazar tashlasak, film muvaffaqiyatga erishishiga umid qilsa bo’ladi. Kinorejissor Rustam Sa’dievning navbatdagi filmi sanalmish «Panoh» nima sababdan siz kutmagan film deb aytilmoqda? Chunki, filmda bugungi o’zbek kinosining yosh va eng taniqli kinoyulduzlari Farruh Soipov va Ulug’bek Qodirovlar bosh rollarni talqin etishmoqda. Qiziq, qanday qilib, bir-biriga raqobatchi aktyor bir filmda yonma-yon rol ijro etmoqda deyishingiz mumkin. To’g'ri ularning orasida raqobat bor, lekin bu ijodiy raqobat!!! Har ikki aktyor ham bir ampluada ijod qilsada, hayotda bir-birini yo’lini kesib o’tishga sira harakat qilmaydi. Zero, karvon ko’p rizqi bo’lak, deyishadi! Bu film biz tomoshabinlarga nima beradi? Uning mazmun-mohiyati nimadan iborat? Bu savollarga tez kunda javob topasiz! Faqat bizning portalda!

Panoh filmi


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 90 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *