Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 Okt, 2006

O’zbekistonda "SUNAMI"!!!

O’zbek kinoijodkorlari tomonidan yaqin kunlarda yana bir kinokartinani qarshi olishingiz mumkin bo’ladi. Film «Sunami» deb nomlanadi!!!

«Sunami» — g’aroyib voqealarga boy bo’lgan sarguzasht badiiy film. Mazkur kinoasarda bir guruh kursdoshlar dam olishga Tailandga borishadi. Biroq, ular dam olishga ulgurmay ko’ngilsizlikka duch kelishadi. Dam olayotgan paytlarda Sunami yuz beradi va natijada ularni har tomonga uloqtirib tashlaydi. Ana endi sarguzasht boshlanadi. Yoshlar bir-birlarini izlab yurganlarida tumsoxlarga, ilonlarga duch kelishadi. Xo’sh, bunday holatga tushganda siz nima qilgan bo’lardingiz?… Filmda yoshlar qanday chora ko’radilar? Albatta savolga javobni filmni tomosha qilgach olishingiz mumkin.
Filmda shu va shu kabi hodisalar mahsus effektlar yordamida ishonarli qilib ko’rsatib beriladi, — deydi film ijodkorlari.
«Sunami» badiiy filmida Sevinch Mo’minova, Jamila Azizova, Muhammad Iso Abdulhayirov, Erkin Komilov, Saida Rametova, Lutfulla Sa’dullaev, Gulchehra Sa’dullaeva va boshqa taniqli aktyorlar bosh rollarni talqin etishmoqda.
Filmning taqdimoti noyabr oyining o’rtalariga mo’ljallanmoqda. Albatta Alisher Navoiy nomidagi muhtasham kinosaroyda bo’lib o’tadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 48 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *