Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
O’zbek kinosining buguni va ertasi haqida…
17 May, 2013

O’zbek kinosining buguni va ertasi haqida…

Kinochilar majlisiKecha, 16 may kuni Yoshlar Ijodiyoti Markazida bir qator o’zbek kinosi ijodkorlarining majlisi bo’lib o’tdi. «Fond Forum» tomonidan tashkil etilgan mazkur yig’ilishda «Oltin Gepard» xalqaro kino festivalida ishtirok etadigan o’zbek kinolarini saviyasini yanada ko’tarishga qaratildi, desak noto’g'ri bo’lmasa kerak.

Tobora rivoj topib borayotgan o’zbek kinosiga oid ushbu majlisda bugungi kun xususiy filmlarini saviyasini ko’tarishga e’tibor qaratildi. Xususiy film tayyorlayotgan kinochilar ham o’zlarining bir qator e’tirozlarini bildirib, ularga bo’lgan e’tiborni biroz oshirilishini so’rashdi. O’zbek kinosi ichki dunyosida bo’layotgan bir qator kelishmovchiliklarni bartaraf etish masalasi ham ko’tarildi va bu borada ikki tomon ham kelishgan holda to’g'ri xulosaga kelib, hamjihatlikda ajoyib kinoasarlarni tomoshabinlar hukmiga taqdim etishlariga umid qilamiz. Majlisda, Murod Rajabov, Matyoqub Matchonov, Muhammad Iso Abdulhayirov, Said Muxtorov, Zebo Navro’zova, Javlon Shodmonov, Jahongir Poziljonov, Ulug’bek Qodirov, Adiz Rajabov, Muhammad Ali Iskandarov, Umid Iskandarov, Asal Shodieva, Sevara Solieva, Shahzoda Muhammedova, Dilnora Kubaeva, Aziz Rametov kabi bir qator taniqli kino ijodkorlari ishtirok etdilar. Bu majlis so’nggisi emas, yana uning davomi bo’ladi. Zero, o’zbek kinosining rivoji uchun hamma ijodkorlar bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihatlik bilan ish olib borishlari shart. Ana shundagina haqiqiy kinoasarlar dunyoga keladi.

Tadbir davomida SB.uz portali uchun «Real Time» foto va video studiyasi tomonidan eksklyuziv fotosuratlarga tushirildi. Marhamat, ularni tomosha qiling!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 1 485 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *