Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Yan, 2011

«O'xshatmasdan uchratmas» filmi 10 yanvardan!

O'xshatmasdan uchratmas«Bojalar» guruhi a'zosi, iste'dodli aktyor va bir necha filmlarning rejissori Javlon Shodmonov navbatdagi kinokartinasini keng ommaga taqdim etishga tayyor turibdi. Film «O'xshatmasdan uchratmas» deb nom oldi. Film namoyishi 10 yanvardan boshlanadi.

9 yanvar kuni Kinochilar uyi hamda «G'uncha» kinoteatrlarida prem'erasi bo'lib o'tadigan «O'xshatmasdan uchratmas» nomli yangi filmning keng namoyishi 10 yanvardan boshlab, Kinochilar uyi, «G'uncha» hamda «Tojmahal» kinoteatrlarida boshlanadi. Filmdagi bosh rollarni Alisher Uzoqov, Nigora Ismoilova hamda Shahzoda Muhammedovalar ijro etishgan. Shuningdek, kartinada Muhammadiso Abdulhayirov, Sayfiddin Meliev, Gulchehra Sa'dullaeva, Javlon Shodmonov va boshqa aktyorlarni ko'rishingiz mumkin. Film uchun mahsus saundtrek kuylangan bo'lib, uning ijrochisi maftunkor Rayhon ekanligi barchani birdek quvontiradi, degan umiddamiz. Tez kunda mazkur saundtrekka ishlangan klipni portalimizdan ko'chirib olishingiz mumkin bo'ladi.

O'xshatmasdan uchratmas

O'xshatmasdan uchratmas

O'xshatmasdan uchratmas


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 171 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *