Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 Yan, 2010

«Omad» kartinasi prem'erasidan… (+fotosuratlar)

Omad22 yanvar kuni yosh rejissorlardan biri Jahongir Ahmedovning «Omad» kartinasining katta namoyishi bo'lib o'tdi. Ma'lum sabablarga ko'ra, sizning e'tiboringizga biroz kechikkan holda ma'lumotlar va fotosuratlarni taqdim qilmoqdamiz…

«Omad» kartinasining prem'erasiga Sanjar Shodiev, Sharof Muqimov, Xojimurod Bekchanov, Sevinch Mo'minova, Mirjamol, Shohruhxon, Shahzoda Matchonova, Said Muxtorov, Melis Abzalov, Alisher Uzoqov, Adiz Rajabov va boshqalar tashrif buyurishdi. «Omad» kartinasi yaratilayotgan boshqa o'zbek filmlaridan farq qiladi. Saroyga tashrif buyurgan tomoshabinlar ham juda katta e'tibor bilan tomosha qilishdi. Jahongir Ahmedovning kino prem'eralarida odatiy tusga aylanib borayotgan holat bu prem'erada ham bo'lib o'tdi. Aytmoqchimizki, film ijodkorlarini tanishtirishdan avval Sherzod Binning sahnaga ko'tarilishi, «Davr» guruhi o'zining taronalarini taqdim qilishi, shuningdek, taniqli aktyorlar Afzal Rafiqov va Erkin Komilovlarning ovozlarini o'xshatib, gapirish tomoshabinlarni hayratga sola oldi. Umuman olganda, prem'era juda ko'tarinki ruhda o'tdi.

P.S.: Eslatib o'tamiz, «Omad» kartinasi 23 yanvardan e'tiboran poytaxtimiz kinoteatrlarida namoyish qilinmoqda.

Omad

Omad

Omad

Omad

Omad

Omad

Omad

Omad

Omad


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 90 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *