Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Oltin gepard» 3-xalqaro kinoforumiga tayyorgarlik
12 Iyun, 2013

«Oltin gepard» 3-xalqaro kinoforumiga tayyorgarlik

Oltin Gepard anjumanBugun 2013 yil 12 iyun kuni  soat 11:00da «Fond Forum»ning anjumanlar zalida III «Oltin gepard» Toshkent xalqaro kinoforumiga tayyorgarlik mavzusiga bag’ishlangan matbuot anjumani o’tkazildi. Shu yilning 19-24 oktyabr kunlari bo’lib o’tadigan mazkur loyihada to’liq metrajli, qisqa metrajli va animatsion filmlar ishtirok etadi.

«Oltin gepard» Toshkent xalqaro kinoforumi Fond Forum tomonidan «O’zbekkino» milliy agentligi ko’magi ostida o’tkaziladi.
Mazkur matbuot anjumanida to’plangan OAV hodimlari savollariga «Oltin gepard» TXKF bosh direktori Akbar Hakimov, kinoshunos, «Oltin gepard» TXKF dasturlari direktori Nigora Karimova, «O’zbekkino» milliy agentligi rahbari Jahongir Qosimov hamda O’zbekiston Respublikasi Xalq artisti Murod Rajabovlar javob berishdi. Tadbirda shuningdek, kinoshunos-jurnalist Feruza Nodirova, rejissor Ayub Shahobiddinov, aktrisalar Zarina Nizomiddinova, Shahzoda Muhammedova, Lola Eltoeva, Nargiza Salmonova, Asal Shodieva, Jamila G’ofurova va boshqalar ishtirok etishdi.
Toshkent kinoforumi an’anaga sodiq qolgan holda har yilgi kabi, bu yil ham yangi bir mavzu asosida o’tkaziladi. Kinoforumning bu yilgi mavzusi lotincha Per Speculum Et In Aenigmate bo’lib, u «Ko’zgu va tilsimda, aks-sado va ma’joziy ifodada» degan ma’noni beradi. Mavzu semantikasi kinoforumning kontseptual formatini kengaytirish hamda jahon kinematografiyasining ham realistik (janrli), ham intellektual (ramziy-falsafiy) segmentlaridagi yetakchi tendentsiyalarni poliskopik tarzda taqdim etish imkonini beradi.

Kinoforumga oid tadbirlar hali yana davom etadi va biz bu haqida sizlarga ma’lumot yetkazib borishga harakat qilamiz. Bizni kuzatib boring!

Asr Media

Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 569 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *