Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Mirtohir Mirg'ulomov
Art by Sofia
Bo'limlar menyusi
«Oh, Salima, Salima!» filmi ham katta ekranlarga chiqdi!!!
20 Mart, 2017

«Oh, Salima, Salima!» filmi ham katta ekranlarga chiqdi!!!

Oh, Salima, Salima premera13Kuni kecha, ya’ni 19-mart kuni Alisher Navoiy kinosaroyida rejissor Nozim To’laxo’jaev tomonidan suratga olingan yangi kinokartinaning prem’erasi bo’lib o’tdi. Mazkur film komediya janrida suratga olingan bo’lib, qiziqarli syujet asosida suratga olingan.

«Oh, Salima, Salima!» deb nomlangan ushbu filmda bosh rollarda Shahzoda Matchonova, Adiz Rajabov, Akbarxo’ja Rasulov hamda Sanjar Matkarimovlar namoyon bo’lishadi. Shuningdek filmda Aziza Begmatova va Nozim To’laxo’jaev ham o’ziga xos obrazlarni talqin etishgan. Salima obrazida Shahzoda Matchonova ilk bor yumoristik qahramonni talqin etgan bo’lib, u bilan kechaqidan qiziqarli voqealar barchani diqqatini tortishi shubhasiz. Film operatori Jasur Shametov o’zining operatorlik imkoniyatlarini namoyon etgan. Navro’z bayrami arafasida yurtdoshlarimiz uchun bayramona tuhfa tarzida taqdim etilgan mazkur kartinani tomosha qilishga sizlarni ham taklif etamiz!

Quyida siz azizlar uchun prem’era davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *