Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
4 Okt, 2012

«O Maryam, Maryam!» filmi prem'erasi bo'lib o'tdi!

Maryam prem'eraBugun Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda rejissor Bahrom Yoqubovning navbatdagi filmining prem'erasi bo'lib o'tdi. «O Maryam, Maryam!» deb nom olgan yangi kinokartinada yana siz-u biz bilgan Shahzoda va Ulug'bek Qodirov juftligini ko'rishimiz mumkin. Film drama janrida suratga olingan bo'lib, qaysidir jihatlari bilan «Sug'diyona» filmini yodga solib yuboradi.

Filmning prem'erasi bugun, ya'ni 2012 yil 4 oktyabr kuni soat 16:00da Alisher Navoiy kinosaroyida bo'lib o'tdi. Prem'erada film ijodkorlari bilan bir qatorda, yurtimizning eng yorqin kinonamoyondalarini ham ko'rishingiz mumkin edi. Film bir so'z bilan aytganda juda ham dardli va ta'sirchan tarzda suratga olingan. Kinokartinani tomosha qilar ekansiz, film qahramoni Maryamning hayot yo'lidagi uchraydigan qiyinchiliklar beixtiyor sizning bor diqqatingizni o'ziga tortib oladi. Unga qo'shilishib siz ham dard chekasiz, uni bu azoblari qachon yakun topar ekan, degan savolga javob topgingiz keladi. Biz film haqida juda ham ko'p fikr yuritishimiz mumkin. Ammo, yaxshisi bir bora filmni o'zingiz tomosha qilishingizni tavsiya qilamiz.

Maryam prem'era

Maryam prem'era

Maryam prem'era


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 741 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *