Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Novda» filmi prem’erasidan fotoreportaj!!!
24 Yan, 2015

«Novda» filmi prem’erasidan fotoreportaj!!!

Novda prem'era

Taniqli kinorejissor Zulfiqor Musoqovning yangi «Novda» kinokartinasining prem’erasi kuni kecha, 2015 yilning 23 yanvar sanasida soat 18:00da Alisher Navoiy nomli kinosaroyida bo’lib o’tdi. Mazkur prem’eradan SB.uz portali maxsus fotoreportaj tayyorladi.

Mana shu fotoreportaj bugun sizlarga taqdim etilmoqda. «Novda» filmi rejissori yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek Zulfiqor Musoqov hisoblanadi. Film operatori Azizbek Arzikulov, rassom Bektosh Rajabov, ovoz operatori Furqat Xasanov, bastakor Mariya Musoqova. Filmdagi rollarni Abdulg’ofur Ishanov, Rahshona Shodieva, Gulinor Abdullaeva, Navrus Jumaev, Shahzoda Matchonova, Xusan Sharipov, Hayrulla Sa’diev, Ra’no Zokirova va boshqalar ijro etishgan. Kinokartina haqida afsuski ko’p ma’lumot bera olmaymiz. Zero, uni tomosha qilishga ulgurmadik. Turli boshqa tadbirlar sababli film prem’erasi ochilish marosimini o’tkazib, boshqa tadbirga yo’l olishimizga to’g'ri keldi. Umid qilamizki, film yaxshi chiqqan va kinotomoshabinlar ko’nglidan joy ola biladi.

Quyida siz azizlar uchun prem’era davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 1 524 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *