Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Notanish qotil» filmi prem’erasidan fotoreportaj!!!
16 Sen, 2016

«Notanish qotil» filmi prem’erasidan fotoreportaj!!!

Notanish qotil prem'eraO’zbek kinoijodkorlari tomonidan ketma-ket yangidan-yangi filmlar suratga tushirilmoqda. Ularning aksari bir xil mavzuda suratga olinayotgani hech kimga sir emas. Biroq, kecha 15 sentyabr kuni Alisher Navoiy kinosaroyida prem’erasi bo’lib o’tgan «Notanish qotil» kinokartinasi odatiy filmlardan farq qiladi.

Yosh rejissor Azamat Axrorov suratga tushirayotgan so’nggi bir qator filmlari anchagina yuqori ko’rsatkichlarni egallayotgani e’tiborga molik. Masalan, Azamatning shu kungacha so’nggi filmi bo’lib turgan «Qaysarginam» kartinasi ham omma e’tiborini qozonib, o’zini yaxshigina oqlay ham oldi. Bu safar Azamat Axrorov kinotomoshabinlarga jangari sahnalarga boy filmni taqdim etishga qaror qildi va uni uddaladi, deb bemalol aytishimiz mumkin. «Notanish qotil» kinokartinasida Azamat Axrorov hamda Shahzoda Muhammedova bosh rollarda namoyon bo’lishadi. Film bugungi kunning eng dolzarb mavzularidan biri bo’lgan giyohvandlikka qarshi kurash mavzusida suratga tushirilgan bo’lib, bosh qahramon o’z ukasining mana shu og’u sabab vafot etganligi tufayli, uni ildizi bilan quritishni o’z oldiga maqsad qilib, eng oxiriga qadar kurashishda o’zida kuch topa oladi. Natijada esa eng katta narkabarongacha yetib borib, uni hibsga olinishiga erishadi. Yuqori saviyada suratga olingan «Notanish qotil» kinokartinasini yurtimiz kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.

Quyida siz azizlar uchun prem’era jarayoni davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 3 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *