Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
22 Avg, 2007

«Niqob»li so’rovnoma…

NiqobKinorejissor Burxon Sharopovning «Niqob» badiiy filmi haqida bizning portalimiz doimiy ravishda yoritishda davom etmoqda. Ko’plab kino va estrada yulduzlari ishtirokidagi mazkur film nima uchun «Niqob» deb nomlanmoqda? Bu savolga faqatgina prem’erada javob topishimiz mumkin. Biroq, bugun biz sizning e’tiboringizga bir qator boshqa savollarni taqdim etamiz. Savollarga aniq va to’g'ri javob bergan foydalanuvchimizni esa rejissor Burxon Sharopov hamda film qahramonlari Sharof Muqimov va Jamila G’ofurovalar bilan shahrimiz restoranlaridan birida uchrashuv kutmoqda.

Demak, savollarni diqqat bilan o’qib chiqing va ularga imkon qadar tezroq javob yuborishga harakat qiling! Javoblarni niqob@sb.uz manziliga yuborishingiz so’raladi.

1) Burxon Sharopov rejissorlik qilgan ko’rsatuvlar va filmlar nomini yozib yuboring!
2) «Jonim seni yohud egizaklar» filmida epizod rol — jurnalist obrazini kim talqin etgan?
3) «Sevgi — bu hayot!» filmining qahramoni Sanjar Usmonov shu filmda ijro etgan qo’shiqlar muallifi kim?
4) «Niqob» filmi bastakori kim?
5) «Niqob» filmi komediya janrining qaysi yo’nalishida suratga olingan?
6) «Niqob» filmida bosh rollarni ijro etgan Murod Rajabov, Klara Jalilova, Melis Abzalov, Elyor Nosirov, Sharof Muqimov,  Jamila G’ofurova hamda Sanjar Shodievlarning unvonlarini yozib yuboring!

Niqob


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 75 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *