Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
11 Iyul, 2007

«Niqob» — Sizning filmingiz!

NiqobTaniqli rejissor Burxon Sharopovning «Niqob» filmi haqida berilayotgan barcha ma’lumotlarni diqqat bilan kuzatib boring va boshqa Ommaviy Axborot Vositalari orqali ham ma’lumot to’plashga harakat qiling! Zero, sizni ajoyib sovg’a kutmoqda…

Ayni kunda ushbu film ovozlashtirish jarayonida. Deyarli barcha aktyorlar o’z rollari uchun o’zlari ovoz bermoqdalar. Biroq, Sharof Muqimov talqinidagi Hasan va Husan obraziga taniqli aktyorlardan biri ovoz bermoqda. Yumorga boy bo’lgan ushbu film haqida ko’proq ma’lumot to’plash nima uchun zarur, degan savol sizni o’ylantirishi mumkin. Savolga esa javob quyidagicha: yaqin kunlarda ushbu film haqida siz tomonga bir qator savollar yo’llanadi g’olib chiqqan ishtirokchi esa film qahramonlari bilan yuzma-yuz ko’rishishlari, esdalik uchun suratga tushishlari, birga suhbatlashishlari mumkin bo’ladi. Demak, film haqidagi barcha ma’lumotlarni diqqat bilan kuzatishga to’g'ri keladi.

Niqob

Niqob


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 63 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *