Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Sen, 2007

«Niqob» — G’aroyib komediya!

NiqobG’aroyib komediya deya bong urilayotgan «Niqob» filmi anchayin sirli ko’rinadi. Film nima sababdan «Niqob» deb nomlangani eng birinchi savol… Qiziq, balki mashxur «The Mask», ya’ni «Maska» filmiga taqlidan suratga olinganmi?… U ham mayli filmda bosh rollarni birini ijro etgan Forash Vomiqum kim?

Savollar juda ko’p. Ammo, rejissor Burxon Sharopov barcha savollarni ochiq qoldirmoqda. Balki, bu savollarga www.Niqob.Uz saytidan javob toparmiz, deya tashrif buyurgan muxlis sayt hali ishga tushmaganligidan xabar topadi. Saytning ochilishi ham prem’eraga mo’ljallanmoqda, shekilli… Mayli, nima bo’lganda ham kutamiz. 28 sentyabr kuni Kinochilar Uyiga tashrif buyurib savollarga javob topsak ajabmas. Agarda siz prem’eraga tusha olmasangiz. 29 sentyabrdan e’tiboran Kinochilar Uyiga tashrif buyurib, bemalol filmni tomosha qilishingiz mumkin.

Ha, darvoqe mazkur film uchun ishlangan maxsus saundtrek-klipni hoziroq portalimizdan ko’chirib olishingiz mumkin. Qo’shiqni bosh rol ijrochisi, «Nihol» mukofoti sovrindori Sharof Muqimov ijro etgan. Saundtrek «Muhabbat» deb nomalanadi.

Saundtrek-klipni ko’chirib olish

Niqob


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *