Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Nafrat» prem’erasidan fotoreportaj!!! (Kinochilar Uyidan)
10 Sen, 2014

«Nafrat» prem’erasidan fotoreportaj!!! (Kinochilar Uyidan)

Nafrat prem'era9-sentyabr kuni o’zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan navbatdagi film prem’erasi bo’lib o’tdi. «Fox Music Cinema» studiyasining ilk kinoasari bo’lmish «Nafrat» kartinasi prem’erasi ikki kinoteatrda bo’lib o’tdi. Ulardan biri Kinochilar Uyida bo’lsa, ikkinchisi Alisher Navoiy kinosaroyida.

Prem’eraning birinchisi Kinochilar Uyida bo’lib o’tganligi bois, avval sizlarga mazkur kinoteatrdan tayyorlangan eksklyuziv fotoreportajni taqdim etamiz. 9-sentyabr soat 17:00da Kinochilar Uyiga yangi filmni tomosha qilish uchun ko’p sonli kinoixlosmandlar tashrif buyurishdi. Film namoyishidan avval «Retro» ansambli, Jahongir hamda Mohim kabi yosh ijodkorlar sahnaga chiqib o’z kuy-qo’shiqlari bilan tashrif buyurganlarni ko’nglini ko’tarishdi. So’ngra esa doimgidek kinoijodkorlar bilan tanishtirilib, film namoyishi bo’lib o’tdi. Darvoqe, Kinochilar Uyida bo’lib o’tgan prem’erani ochilish marosimida boshlovchilik vazifasi kamina Mirtohir Mirg’ulomovga topshirildi. Film ijodiy guruhi haqida Alisher Navoiy kinosaroyida bo’lib o’tgan prem’era haqidagi maqolada alohida to’xtalib o’tamiz.

Quyida siz azizlar uchun film prem’erasi davomida hamkorimiz fotosuratchi SherKarim tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 393 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *