Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Nafrat» prem’erasidan fotoreportaj!!! (Alisher Navoiy kinosaroyidan)
10 Sen, 2014

«Nafrat» prem’erasidan fotoreportaj!!! (Alisher Navoiy kinosaroyidan)

Nafrat prem'era«Nafrat» badiiy filmining ikkinchi prem’erasi avvalgi maqolada aytib o’tganimizdek Alisher Navoiy kinosaroyida bo’lib o’tdi. Kinochilar Uyida film ijodkorlari tanishitirb bo’lingach, barcha ijodkorlar bilan birgalikda Alisher Navoiy kinosaroyiga yo’l oldik.

Tomoshabinlarning va kino olami yulduzlarining aksariyati Alisher Navoiy kinosaroyiga tashrif buyurishdi. Tashrif buyurgan yulduzli mehmonlar haqida birma-bir yozib o’tirmaymiz. Yaxshisi ularni quyida taqdim etiladigan fotosuratlar orqali bilib olganingiz ma’qul. Biz esa «Fox Music Cinema» studiyasining ilk filmi bo’lmish «Nafrat» filmi ijodkorlari bilan sizlarni tanishtirib o’tamiz. Film rejissori Durdona To’laganova, ijrochi prodyuser Sherzod Yosinov, bastakor va prodyuser Doniyor Agzamov. Filmdagi bosh rollarni Sug’diyona Azimova hamda Sanjar Matkarimovlar talqin etishgan. SB.uz portali ijodiy jamoasi yana bir boshqa tadbirga yo’l olishi kerak bo’lganligi sababli, «Nafrat» kinokartinasini tomosha qila olmadik. Shuning uchun hozircha film qandayligi haqida siz azizlarga afsuski ma’lumot bera olmaymiz. Biroq, filmni suratga olgan ijodiy guruh o’z ishini ustalari bo’lganligi sababli hech ham ikkilanmasdan ushbu filmni yuqori darajada chiqqanligini ta’kidlab o’ta olamiz. Tez kunlarda filmni tomosha qilish uchun albatta biz ham kinoteatrga tashrif buyuramiz va sizlarga film haqidagi o’z fikrimizni ham bayon qilamiz.

Quyida siz azizlar uchun prem’era jarayonida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 615 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *