Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Nafrat» filmi prem’erasidan so’ng banket bo’ldi!
10 Sen, 2014

«Nafrat» filmi prem’erasidan so’ng banket bo’ldi!

Nafrat banketOdatda har bir yangi film ekran yuzini ko’rgach, prem’eradan so’ng ijodiy guruh birgalikda biror bir kafe yoki restoranga borib, prem’erani muvaffaqiyatli o’tganligini nishonlashadi. «Fox Music Cinema» studiyasi tomonidan suratga olingan «Nafrat» badiiy filmi prem’erasidan so’ng ham banket bo’lib o’tdi.

SB.uz portali ijodiy jamoasi «Ato» guruhi a’zosi Shuhrat Kamalovning nikoh oqshomidan ertaroq chiqib, «Nafrat» badiiy filmi ijodiy guruhi birgalikda nishonlayotgan bazmiga, «Uch chinor» restoraniga tashrif buyurdik. Tashrif buyurganimizda bu yerda «Nafrat» badiiy filmi ijodkorlaridan tashqari, bir qator kino olami vakillarini ham ko’rdik. Said Muhtorov, Rustam Sa’diev, Narimon Sultonxo’jaev, Yorqinoy G’ozieva, Abduvohid G’aniev va yana bir qator boshqa kino olamining yorqin shaxslarini bu yerda uchratish mumkin edi. Tadbir jarayonidan siz azizlarga bir qator fotolavhalarni havola etmoqdamiz. Darvoqe, yana bir ma’lumotni aytib o’tishimiz mumkin. «Fox Music Cinema» studiyasi ijodiy jamoasi banketdan so’ng yana o’z studiyalariga ravona bo’ldilar. Bilishimizcha, hozirda mazkur studiya yana bir yangi kinokartina ustida ish olib borishmoqda!

Quyida siz azizlar uchun banket davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 1 191 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *