Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Mug’ombir kuyovlar» prem’erasi bo’lib o’tdi
24 May, 2013

«Mug’ombir kuyovlar» prem’erasi bo’lib o’tdi

Mug'ombir kuyovlar prem'eraKecha,  2013 yil 23 may kuni Alisher Navoiy kino saroyida kinorejissor Burxon Sharopovning navbatdagi filmi prem’erasi bo’lib o’tdi. Bir necha yil davomida tayyorlangan mazkur film avvaliga «Kuyovlar qo’zg’aloni» deb nomlangan edi. Keyinchalik esa film nomi «Mug’ombir kuyovlar» deb o’zgartirildi.

Burxon Sharopov bu filmga qadar bir qator ajoyib filmlarni bizlarga taqdim etgan edi. Jumladan, » Jonim seni yoxud Egizaklar», «Niqob», «Tango» kabi kinokartinalar o’z tomoshabinini topgan va ancha muvaffaqiyatlarga sazovor bo’lgan. Xo’sh, Burxon Sharopovning navbatdagi filmi qanday natija berar ekan? Bu savolga javobni faqatgina kinotomoshabinlar bera olishadi. Film prem’erasida kinoteatr tomoshabin bilan gavjum bo’ldi. Bosh rol ijrochisi Saida Rametova doimgidek o’ziga yuklatilgan vazifani a’lo darajada bajara oldi. Film namoyishiga siz ham tashrif buyuring va filmga o’zingiz baho bering!!! Quyida hamkorimiz «Real Time» studiyasi tomonidan SB.uz portali uchun maxsus tushirilgan fotosuratlarni taqdim etmoqdamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 831 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *