Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 Noy, 2012

«Mening yo'lim»da suratga tushishni istaysizmi?

Mening yo'limO'zbekistonda kinoindustriya tobora rivojlanib bormoqda, qisqa muddat oralig'ida yangidan yangi filmlar suratga olinib kinotomoshabinlar e'tiboriga taqdim etilmoqda. Har bir film o'z tomoshabiniga ega bo'layotgani ham quvonarli holat. Bugun yana bir guruh kinochilar yangi film ustida ish olib borishayotganligi haqida xabar beramiz va mazkur filmda siz ham ishtirok etish imkoniyatiga ega ekanligingizni aytib o'tmoqchimiz.

«Mening yo'lim» deb nomlangan yangi film ssenariysi melodrama janrida yozilgan bo'lib, unda bir yigitning hayot yo'li hikoya qilinadi. U yigit hayotida duch kelgan barcha qiyinchiliklar, yechish qiyin bo'lgan masalalarni kuch bilan hal qilib bo'ladi, degan tushunchaga ega bo'ladi. Ammo, vaqt uni to'g'ri yo'lga to'g'irlab qo'yadi. Aslida, barcha narsaning yechimi aql bilan hal bo'lishini tushunib yetadi. Kino prodyuser Ibrohim Nurmuhammedov hozirda mazkur filmni suratga olish ishlarini boshlash uchun tayyorgarliklar ko'rmoqda. Filmda juda ham ko'plab obrazlar bor bo'lib, undagi har bir rol uchun kinosinov topshirish uchun maxsus kasting tashkil etilmoqda. Demak, barcha yoshdagi insonlar o'rtasi «Mening yo'lim» filmi uchun kasting e'lon qilinadi. Unda ishtirok etish istagida bo'lsangiz (+99893) 5044313 telefon raqamlariga murojaat etishingiz so'raladi. Kasting 29 oktyabrdan 29 noyabrga qadar bo'lib o'tadi.

Mening yo'lim


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 690 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *