Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
22 Avg, 2011

«Mening akam bo'ydoq» — 26 avgustda prem'era!

Mening akam bo'ydoqSB.uz portalining 5 yillik yubiley konsert dasturida boshlovchilik vazifasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib bergan Alisher Uzoqovning ilk rejissorlik filmi 26 avgust kuni katta ekranga chiqishi aniq bo'ldi!

Alisher Uzoqov rejissoriligi, Mirjamol prodyuserligi asosida hamkorlikda suratga tushirilgan mazkur kinokartina oilaviy komediya janrida suratga olingan bo'lib, barchaga birdek manzur bo'lishi kutilmoqda. Hozirga qadar olingan ma'lumotlarga ko'ra film uchun 2 saundtrek ijro etilmoqda, ulardan biri Alisher Uzoqov ijrosida bo'lsa, ikkinchisi Mirjamol hamda Ziyoda ijrosidagi duet tarona hisoblanadi. Bu qo'shiqlar uchun ishlanadigan videoklipni esa tez kunda sizlarga taqdim etamiz. Yana bir bor eslatib o'tamiz, 26 avgust kuni «Mening akam bo'ydoq» nomli kinokomediya Alisher Navoiy nomidagi kinoteatrda ilk bor namoyish etiladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 93 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *