Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Meni sev» filmi katta ekranga chiqdi!!!
9 Yan, 2016

«Meni sev» filmi katta ekranga chiqdi!!!

Meni sev

Durdona To’laganova ssenariysi asosida Sherzod Umarov rejissorligida suratga olingan yangi «Meni sev» nomli kinokartina bugun ilk bor katta ekran yuzini ko’rdi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, «Meni sev» filmi prem’erasi bo’lib o’tdi. Soat 17:00da Kinochilar Uyida, so’ngra 18:00da esa Alisher Navoiy nomli kinosaroyida bo’lib o’tgan mazkur film prem’erasida kinoteatrlar tomoshabinlar bilan to’lib toshdi.

«Meni sev» kinokartinasi qo’shiqchi qizning hayoti haqida hikoya qiladi. Unda Sitora Alimjonova ijrosidagi Zahina ismli qahramon xonanda qizning ijodiy qiyinchiliklari, hayotiy kechinmalari namoyish etilgan. Film umumiy olib qaralganda kinotomoshabin e’tiborini torta oladigan darajada suratga olingan. Kartinada siz yuqorida aytib o’tganimizdek, Sitora Alimjonovani bosh rolda ko’rishingiz mumkin. Shuningdek, Elyor Mahkamov, Jamshid Otajonov, Rixsitilla Abdullaev, Muyassar Berdiqulova va boshqa bir qator aktyor va aktrisalar mazkur filmda ajoyib obrazlarda namoyon bo’lishadi.

Quyida siz azizlar uchun prem’era davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 3 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *