Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
4 Okt, 2007

Manzura — «Sevginator»!

ManzuraIste’dodli hamda go’zal xonandalaramizdan biri hisoblangan Manzura, xonandalik bilan birgalikda filmda ham suratga tushdi! Yangi kinokartina komediya janrida suratga tushirildi. Manzura esa, bu filmda bosh rolni talqin etmoqda…«Sevginator»! Antiqa nomga ega bo’lgan ushbu kartina rejissori Abduvohid G’aniev. G’oya muallifi Shoira G’iyosova. Operator Alisher Choriev. Prodyuser Rustam Sa’diev. «Davr premier» hamda «O’zbekkino» milliy agentligi hamkorlikda suratga tushirilgan filmda bosh rollarni Murod Rajabov, Ulug’bek Qodirov va Manzura Yo’ldosheva talqin etishmoqda. Film voqeasi haqida bir narsani aytib o’tish joizki, bu film robot qiz, ya’ni «Sevginator» to’g'risidagi film. Bunday nomlanishiga sabab esa, yaratilgan robot faqat sevishni, yaxshi ko’rishni biladi. Filmning nomi ham aynan shu orqali kelib chiqqan. Hozirgi kunda montaj ishlari olib borilmoqda. 1-raqamli portalni kuzatib borsangiz, kelgusida ushbu film haqidagi ajoyib ma’lumotlarni yetkazib boramiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 75 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *