Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Majnun» katta ekranda!!!
7 Mart, 2016

«Majnun» katta ekranda!!!

Majnun prem'era

Kuni kecha, ya’ni 6 mart kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyda kinorejissor Jahongir Ahmedovning uzoq kutilgan «Majnun» filmining prem’erasi bo’lib o’tdi. Ushbu filmni juda ko’pchilik orziqib kutayotgan edi. Bosh rollarda Ulug’bek Qodirov, Asal Shodieva, Matyoqub Matchonov, Muhammadiso Abdulhayirov, Ra’no Shodieva va Elyor Mahkamov kabi aktyor va aktrisalarni ko’rishingiz mumkin.

Film prem’erasi ham a’lo darajada o’tdi, desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Har bir taklif qilingan mehmon o’z o’rniga ega. Ya’ni, kimdir kinozalga tashrif buyurib, taklifnomasi bo’lmasada, istalgan joyga o’tirib ketavermaydi. Bu masalaga tashkilotchilar juda yaxshi qarashgan. Qolaversa, kinosaroyga kiraverishda qizil gilamcha to’shalib, «Majnun» filmi banneri osib qo’yilgan va har bir tashrif buyurgan yulduzli mehmonlar mana shu qizil yo’lakchadan o’tishdi. Ularni taklif etish va kinoprem’erani ochib berish kabi ma’suliyatlik boshlovchilik vazifasi Akmal Mirzo hamda Luiza Rasulovalarga ishonib topshirilgan. Bir chekkada esa DJ barchani diqqatini o’z musiqalariga jalb qilib turar edi. Xullas, film prem’erasi juda yuqori darajada tashkillashtirilgan. Film haqida ko’p ma’lumot berib o’tirmaymiz, yaxshisi o’zingiz tushib ko’rib baho berganingiz ma’qul! Filmdagi kadrlar ko’zni quvontiradigan darajada ekanligini aytib o’tishni lozim deb topdim. Zero, bu kabi yuqori sifatdagi ranglar jilosini bugungi o’zbek kinosida juda kam uchratamiz. Aktyorlar ham o’z rollarini qoyilmaqom qilib ijro etib berishgan. Kinorejissor Jahongir Ahmedovga esa kelgusi ijodiy ishlarida omadlar tilab qolamiz!!!

Quyida siz azizlar uchun film prem’erasida hamkorimiz fotosuratchi Dilmurod G’ulomov tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 84 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *