Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Lola «Farhod va Shirin» filmiga saundtrek kuyladi!!!
4 Avg, 2014

Lola «Farhod va Shirin» filmiga saundtrek kuyladi!!!

Lola - Farhod va ShirinXabaringiz bor ayni kunlarda bir guruh kinoijodkorlar tomonidan yangi film suratga olinmoqda. «Farhod va Shirin» nomli ushbu filmni suratga olish jarayonidan maxsus fotoreportaj tayyorlagan edik. Hozirda filmning so’nggi suratga olish ishlari Samarqand shahrida bo’lib o’tmoqda.

Bir necha kundan beri Samarqand shahrida davom etayotgan suratga olish jarayoni davomida film uchun Lola tomonidan kuylangan maxsus saundtrek uchun ham klip suratga tushirildi. Film uchun kuylangan saundtrek tarona nomi ham film nomi kabi «Farhod va Shirin» deb nomlandi. Ushbu qo’shiq mualliflari «Benom» guruhi a’zolari Sarvar va Komil hisoblanishadi. Tez kunda Lola ijrosidagi «Farhod va Shirin» nomli saundtrek taronanini prem’erasi ham bo’lib o’tadi. Portalimiz yangiliklarini kuzatib boring!!!

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 134 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *