Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Kuyov jo’ra» filmi katta ekranlarda!!!
22 Sen, 2015

«Kuyov jo’ra» filmi katta ekranlarda!!!

Kuyovjo'ra prem'era

Ayni kunlarda yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etilayotgan «Kuyov jo’ra» deb nomlangan yangi oilaviy kinokomediya prem’erasi 5-sentyabr kuni bo’lib o’tgan edi. Mazkur film prem’erasida biz ta’tilda bo’lganligimiz sababli prem’era jarayonidan maxsus fotoreportajni taqdim eta olmagan edik. Bugun esa hechdan ko’ra, kech, deganlaridek e’tiboringizga tortiq etmoqdamiz.

Iste’dodli kinorejissor Iqbol Meliqo’zievning yangi «Kuyov jo’ra» filmida bosh rollarda Shahzoda Muhammedova, Asqar Hikmatov, Sherzod Bin, Muhammadiso Abdulhayirov, Shohida Uzoqova kabi elimiz suygan aktyor va aktrisalarni ko’rishingiz mumkin. Agarda siz mazkur filmni hali tomosha qilib ulgurmagan bo’lsangiz, u holda oilangiz bilan birgalikda tomosha qilishingizni tavsiya etamiz. Qiziqarli filmni tomosha qilib, maroqli xordiq chiqaring!!!

Quyida siz azizlar uchun film prem’erasi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *