Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Kutilmaganda» filmi ekran yuzini ko’rdi!!!
11 Mart, 2016

«Kutilmaganda» filmi ekran yuzini ko’rdi!!!

Kutilmaganda prem'era

Kuni kecha, ya’ni 10 mart kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyida yangi «Kutilmaganda» deb nomlangan filmning prem’erasi bo’lib o’tdi. Debyutant rejissor Qutlimurod Yakubov tomonidan suratga olingan mazkur filmda Muhammadiso Abdulhayirov, Oydin Yusupova, Sanjar Shodiev, Javlon Shodmonov, Lola Eltoeva kabi aktyor va aktrisalar suratga tushishgan.

Komediya janrida suratga olingan mazkur film prem’erasi 10 mart kuni soat 17:00da Kinochilar Uyida bo’lib o’tgan bo’lsa, 18:00da Alisher Navoiy nomli kinosaroyda bo’lib o’tdi. Film prem’erasida zal tomoshabinlar bilan to’lib toshdi. Ayni kunlarda ushbu kartina yurtimiz kinoteatrlarida, jumladan Alisher Navoiy nomli kinosaroyda ham namoyish etilmoqda. Bemalol tashrif buyurib, tomosha qilishingiz mumkin.

Quyida siz azizlar uchun film prem’erasida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 3 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *