Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Apr, 2011

«Ko'rinmaslar» — kutilmagan kino!

Ko'rinmaslar“Bugun hamma rejissor, bugun hamma aktyor…” deya gapirgan edi suhbatlarning birida mashhur kinorejissorlarimizdan biri. Bu fikrni ikki xil tushunish mukin: birinchidan, o’zbek kinosida taraqqiyot, rivojlanish bor, bugun bu san’atning mavqei va nufuzi baland bo’lgani uchun ham barcha talpinmoqda, degan ma’noni uqish mumkin.

Ikkinchi tomondan esa, bugun rejissurani “r”sini bilmaydiganlar ham kino olmoqda, aktyorlik saboqlaridan zarracha xabari bo’lmaganlar-da, suratga tushmoqda, deb tushunish ham mumkin, Eng muhimi bugun o’zbek kinosi bir joyda to’xtab qolayotgani yo’q. U faqat oldinga qarab ildamlamoqda.
Eshitsangiz, jarayonning o’zi bir film ekaniga amin bo’lasiz.
Eng muhimi esa hammasi ortda qoldi va “Ko’rinmaslar” mistik dramasi tayyor bo’ldi, deya ta’kidalb o’tdi film rejissori, debyutant Ahrorbek Qo’shmatov.
Mazkur filmda yangi qiyofalar, tanish chehralar, yosh iste’dodlar, 30ga yaqin haqiqiy zaxarli kobra ilonlari, kutilmagan burilishlar, murakkab yechimni talab qiladigan suv toshqini, zilzila, sirli yong’inlar kabi hayajonli sahnalar tomoshabinni befarq qoldirmaydi. Bir so’z bilan aytganda, film ijodkorlari o’zbek kinosida yangilik qilishga harakat qilishgan. Ular buni qanchalar uddalay olishdi, buyog’iga vaqt hakam. Eng muhimi, hayajonli
daqiqalar hali oldinda. 20-aprel soat 18:00da “Kinochilar uyi”da yangi film — “Ko’rinmaslar”ni ko’ramiz!

 

Ko'rinmaslar

Ko'rinmaslar

Ko'rinmaslar

Ko'rinmaslar

Ko'rinmaslar

Ko'rinmaslar

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 48 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *