Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 Yan, 2010

Klipmeyker Yodgor Nosirov va «Taqdir o’yini»

Taqdir o'yiniKo’pgina ajoyib hamda takrorlanmas kliplarni suratga oluvchi inson, Yodgor Nosirovni deyarli barcha tanisa kerak albatta. San’atkorlar orasida ham “o’z ishining professionali” degan nomni qo’lga kiritgan Yodgor akani shu kunlarda qizg’in ijod pallasida ko’rishimiz mumkin. Faqat…

Taqdir o'yini

Yuqoridagi fotosuratni ko’rib Yodgor Nosirov “hamshiralar orasida klip olayotgan bo’lsa kerak” degan fikr sizda paydo bo’lgan bo’lsa ajab emas. Lekin haqiqatda esa bunday emas.

Taqdir o'yini

Taqdir o'yini

Ushbu fotosuratlarni ko’rib “Yodgor Nosirovning bu ikki yoshga nima aloqasi bor ekan”, yoki “bular yangi chiqayotgan honandalar bo’lsa kerak” deya savolga taxminiy javob berib qo’yishga ulgurgan bo’lsangiz ajab emas. Taxminlaru gumonlarga keling chek qo’ygan holda javob bersak.
Demak shu kunlarda taniqli klipmeyker Yodgor Nosirov “SHARQ Sinema” bilan hamkorlikda yangi “Taqdir o’yini” nomli filmni suratga olish bilan band. Yuqoridagi ikki yosh esa ushbu filmning bosh qaxramonlari bo’lmish Munisa Rizayeva hamda Sanjar Qodirovlardir. Yana «Yodgor aka bu ikkisiga oq fotixa bermoqda» deya o'ylay ko'rmang. Film haqida ko’pgina ma’lumotlarni ijodkorlar hozircha sir saqlashmoqda. Lekin bir sirni ochishimiz mumkin, filmda Dilnoza Kubayeva hamshira sifatida namoyon bo’ladilar. Qolgani esa Yodgor Nosirov tomonidan ayni kunlarda olib borilayotgan film montaj ishlaridan so’ng oshkor qilinsa ajab emas.

Taqdir o'yini

Taqdir o'yini


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 57 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *