Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
7 Yan, 2011

Kinomaniyadan «Sarob» filmi…

Sharq SinemaKo'plab ommabop filmlarni kino ixlosmandlari hukmiga taqdim etib kelayotgan Kinomaniya kompaniyasi yangi film ustida o'z ishlarini boshlab yubordi.

Filmning ishchi nomi «Sarob» deya atalayotgan ushbu kartinada biz ko'plab taniqli kinoakterlarni uchratishimiz mumkin. Jumladan Ra'no Shodiyeva, Shahzoda Matchonova, Rixsitilla Abdullayev, Ra'no Yarasheva, O'lmas Alixo'jayev, Yulduz Hamidova, Fatxulla Masudov va boshqalar. Postanovkachi rejisser Durdona To'laganova hamda postanovkachi operator Yodgor Nosirovlarning avvalgi birgalikdagi mexnat maxsullarini ko'pchilik «Hijron» filmi orqali yaxshi bilishadi. Hozirda suratga tushirish ishlari olib borilayotgan bir pallada ijodkorlar film to'g'risidagi holatlar va saxna ko'rinishlarni sir saqlashlarini ma'lum qilishdi. Albatta bizni kuzatib borsangiz, filmga oid boshqa yangiliklardan sizni xabardor qilib boramiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 171 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *