Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Mirtohir Mirg'ulomov
Art by Sofia
Bo'limlar menyusi
«Ketaman dedimmi, ketaman» filmi prem’erasidan fotoreportaj!!!
22 Mart, 2017

«Ketaman dedimmi, ketaman» filmi prem’erasidan fotoreportaj!!!

Ketaman dedimmi ketaman prem'era21-mart kuni Alisher Navoiy kinosaroyida soat 18:00da rejissor Iqbol Meliqo’ziev tomonidan suratga olingan «Ketaman dedimmi, ketaman» kinokartinasining prem’erasi bo’lib o’tdi. Ushbu filmda bosh rollarda Shahzoda Muhammedova, Asqar Hikmatov, Matyoqub Matchonov hamda Xosiyat Xusanovalar suratga tushishgan.

Rejissor Iqbol Meliqo’zievning mazkur filmi reklamasi prem’eraga qadar juda ham kuchli bo’lganligi sabablimi yoki Navro’z bayrami kuni film ilk namoyishi bo’lib o’tganligigami, xullas kinoteatr odamlar bilan to’lib toshdi. Asosiy zal tomoshabin bilan to’lib toshgach, film ijodkorlari yana bir qo’shimcha zalni ochtirishdi. Film prem’erasi juda ham chiroyli va mazmunli o’tdi, deb aytsak mubolag’a bo’lmasa kerak. Ayniqsa, Matyoqub Matchonovni sog’ingan muxlislar so’z navbati ustoz san’atkorga berilganda gulduros qarsaklar bilan, hayqiriqlar bilan qarshi olishdi. Bugundan e’tiboran mazkur film yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etilmoqda. «Ketaman dedimmi, ketaman» filmini tomosha qilishga shoshiling!

Quyida siz azizlar uchun prem’era davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 9 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *