Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
30 Noy, 2008

«Kelgindi qaynona» kartinasining prem’erasidan…

Bir necha kun ilgari siz aziz foydalanuvchilarimizga «Kelgindi qaynona» filmi haqidagi ma’lumotlar va eksklyuziv fotosuratlarni e’tiboringizga havola qilgan edik. Yana bir bor ta’kidlab o’tamiz, ushbu filmda iste’dodli aktyor Farruh Soipov va debyutant yosh xonanda Diyora bosh qahramon obrazlarini talqin qilishgan. Postanovkachi rejissor Abduvohid G’aniev, prodyusser Rustam Sa’diev va bastakor Doniyor A’zamov. Uzoq kutilgan vaqt yetib keldi va bugun «Kelgindi qaynona» filmining katta prem’erasi bir necha soat ilgari poytaxtimizda joylashgan «Kinochilar uyi»da bo’lib o’tdi…

«Kelgindi qaynona» filmining prem’erasiga juda ko’plab taniqli insonlar tashrif buyurishdi. Ular: rejissorlar Zebo Navro’zova, Sohib Abbosxon, Bahrom Yoqubov va boshqalar, «A’lo FM» radiosining bosh muharriri Olimxo’ja Azimov, xonanda va bastakor Jakhongir.uz, o’zbek estradasining maftunkor xonandasi go’zal Manzura, Elyor Mahkamov va Jamshid Zokirov. Filmda shuningdek, Rixsi Ibrohimova, To’ti Yusupova, Murod Rajabov, Gavhar Zokirova, Botir Muhammadxo’jaev va boshqalar o’ziga xos obrazlarni talqin qilishgan.
Nihoyat o’ziga xos tantanali ochilish marosimidan so’ng, film namoyishi boshlandi. Kartina boshdan-oyoq yengil yumorga boy. Ayniqsa Diyoraning yaratgan Xosiyat obrazi tahsinga sazovor. Yosh bo’lishiga qaramay, Diyora o’ziga yuklatilgan juda katta mas’uliyatni qoyilmaqom qilib uddalagan. Umuman olganda, filmni bir bor ko’rib, o’zingiz baho berganingiz ma’qul. Eslatib o’tamiz, «Kelgindi qaynona» kartinasining namoyishi 1 dekabrdan shahrimizda joylashgan kinosaroylarda o’z namoyishini boshlaydi.

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 57 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *