Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Kechir, farzandim» filmi prem’erasidan fotoreportaj!
24 Iyul, 2014

«Kechir, farzandim» filmi prem’erasidan fotoreportaj!

Kechir farzandim prem'era«Kechir, farzandim» filmi va nihoyat bugun ilk tomoshabinlariga namoyish etildi. Prem’eraga tashrif buyurgan tomoshabinlar ko’zlariga hattoki yosh ham oldilar. Zero, tragediya janrida suratga olingan mazkur filmda dardli sahnalar yetarlicha topiladi.

Debyutant rejissor Murod Inog’omov tomonidan taqdim etilgan «Kechir, farzandim» filmi prem’erasida ko’plab aktyorlar ishtirok eta olishmadi. Chunki, ayni kunlarda viloyatlar bo’ylab turli tadbirlar o’tkazilmoqda va ushbu tadbirlarda taniqli san’atkorlar ishtirok etishmoqda. Ertadan, ya’ni 25-iyuldan boshlab «Kechir, farzandim» kartinasi shahrimiz kinoteatrlarda namoyish etiladi. Barcha kinoixlosmandlarni mazkur filmni tomosha qilishga chorlab qolamiz.

Quyida siz azizlar uchun prem’era jarayonida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 297 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *