Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Kecha «Qaysar oshiqlar» filmi prem’erasi bo’lib o’tdi!!!
24 Sen, 2016

Kecha «Qaysar oshiqlar» filmi prem’erasi bo’lib o’tdi!!!

Qaysar oshiqlar prem'era

Kecha, 23 sentyabr sanasida Alisher Navoiy kinosaroyida Sherzod Binning ilk rejissorlik ishi bo’lmish «Qaysar oshiqlar» kinokartinasining prem’erasi bo’lib o’tdi. Ushbu film reklamasi deyarli bir oy davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislar hukmiga havola qilinib kelinayotgan edi. Mana nihoyat film ekran yuzini ham ko’rdi.

Sherzod Bin ushbu film prem’erasida so’zga chiqar ekan, eng avvalo O’zbekiston Respublikasining marhum prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovni hotirlab o’tdi. So’ngra o’z ustozlari bo’lmish Jahongir Ahmedov, Iqbol Meliqo’ziev hamda Alisher Uzoqovga urf-odatlarimizga ko’ra to’n kiydirdi. Bevosita film haqida so’z yuritadigan bo’lsak, filmda siz Asal Shodieva, Jahongir To’lqunov, Asqar Hikmatov, Ra’no Yarasheva, Lola Eltoeva, Elyor Nosirov, Muhammadiso Abdulhayirov hamda Sherzod Binning o’zini ham ko’rishingiz mumkin. Melodrama janrida suratga olingan mazkur kartinada yumorga boy sahnalarni ham kuzatishingiz mumkin. Filmda bir qator qiziqarli, yoshlarbop dialoglar hammani diqqatini tortganini alohida ta’kidlab o’tish o’rinli.

Quyida siz azizlar uchun prem’era jarayoni davomida hamkorimiz fotosuratchisi Muhammad Ziyo tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 6 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *