Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
22 Sen, 2007

«Jul’etta»ning visol oqshomi haqida…

Zarina Nizomiddinova visol oqshomiSevimli portalingiz www.Shou-bizneS.uz eksklyuziv ma’lumotlarni sizga taqdim etishda davom etadi. O’zbek «Jul’etta»si nomiga sazovor bo’lgan Zarina Nizomiddinova turmushga chiqqanligi haqida albatta xabar topgansiz. Bugun biz sizga Zarinaning o’zi bilan o’tkazilgan eksklyuziv suhbatni taqdim etamiz. Mazkur kichik suhbat orqali siz Zarinaning nikohi haqida haqqoniy ma’lumotlarga ega bo’lishingiz mumkin. Albatta eksklyuziv fotosuratlar bilan. Bizning «Jul’etta»miz ayni damda Shvetsiyada, Stokgolmda…

- Salom, Zarina! Avvalo sizni yaqinda bo’lib o’tgan nikoh oqshomingiz bilan muborakbod etamiz.
- Assalomu Alaykum! Rahmat.
- Sizni visol oqshomingiz ko’pchilikda katta qiziqish uyg’otmoqda. Shu sababli sizga murojaat etishga qaror qildik. Savollarga o’tsak. Qachon nikoh oqshomingiz bo’lib o’tdi?
- 21 avgust kuni «XXX» restoranida osh berilgan bo’lsa, 22 avgust kuni «Osiyo» restoranida visol oqshomi o’tkazildi.
- Kuyov bolaning ismlari va ular haqida ozgina ma’lumot bersangiz…
- Turmush o’rtog’imning ismlari To’lqin Sodiqov. 1983 yil tavallud topganlar. Men esa 1989 yil tug’ilganman. Oramizdagi farq 6 yoshni tashkil qiladi. Turmush o’rtog’im Stokgolmdagi Iqtisodiyot Universitetida 3 bosqich talabasi hisoblanadilar.
- Bir ma’lumot yetib kelgandi bizga, Ya’ni, emishki sizlar internet orqali tanishgan emishsizlar… Shu rostmi?
- Yo’q. Unday emas. Turmush o’rtog’im, mening akam Shohruhning do’stlari bo’lganlar. Va ular internet orqali suhbatlashib turishar edi. Qolaversa, meni ijodimni kuzatib, meni yoqtirib qolgan ekanlar. Kunlarning birida uyimizga katta yurak shaklidagi gul keltirildi, maktub bilan. Shvetsiyadan… Menga bo’lgan munosabatlari jiddiy ekanligi ham kelgan maktubda ifoda etilgan. Avvaliga e’tibor bermadim. Ammo, To’lqin aka Toshkentga kelib, menga bo’lgan munosabatlari darhaqiqat jiddiy ekanligini ota-onamga ayon etdilar. Bir qancha vaqt o’rgach biz unashtirildik. So’ngra shu yili 22 avgust kuni «Osiyo» restoranida nikoh oqshomimiz bo’lib o’tdi. To’ydan so’ng esa, mana Stokgolmga ham keldik. Xullas, shunaqa gaplar…
- Baxtlimisiz?…
- Albatta!!!
- Bir umr baxtli hayot kechiring! Toshkentga qachon qaytasiz?
- Rahmat kattakon! Nasib qilsa Ramazon oyi oxirlariga kelsak kerak. Darvoqe, vaqtdan foydalanib butun O’zbekiston ahliga cheksiz muhabbatimni va salomlarimni yetkazib qolaman. Ro’zai-ramazon oyi barchaga qutlug’ bo’lsin!
- Kelajakda yana san’at olamiga qaytasizmi?
- Buni vaqt ko’rsatadi… Ammo, oilamni har doim ustun qo’yaman!!!
- Ayni damda bizdan ancha uzoqda bo’lsangizda qimmatli vaqtingizni ayamasdan suhbatlashganingiz uchun tashakkur!
- Sizga ham tashakkur! www.Shou-bizneS.uz portaliga ham ijodiy parvozlar tilayman!

Zarina Nizomiddinova visol oqshomi

Zarina Nizomiddinova visol oqshomi

Zarina Nizomiddinova visol oqshomi

Zarina Nizomiddinova visol oqshomi


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 624 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *