Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Jonrid Sagdiev ijodiy safarda…
29 Iyul, 2014

Jonrid Sagdiev ijodiy safarda…

Jonrid SagdievYosh va iste’dodli rejissorlardan biri Jonrid Sagdiev ayni damda xorijiy davlatlarning birida ijodiy safarda yuribdi. Avvaliga bizga Jonrid aynan qaysi davlatda ekanligini ma’lum qilishni istamadi. Keyin esa u AQSHga ijodiy safar yuzasidan rep ijrochisi Shahriyor bilan birgalikda borganligini bilib oldik.

Shahriyor bilan Jonrid Amerikada nimalar bilan band ekanligi haqida batafsil ma’lumotga ega bo’la olmadik. Balki Shahriyor uchun yangi klip suratga olinayotgandir. Mayli, nima bo’lgan taqdirda ham ularning safarlari omadli o’tishini tilab qolamiz. Darvoqe, Jonrid 8 sentyabr kuni 28 yoshni qarshilaydi. Yana bir eksklyuziv ma’lumotni sizlarga yetkazishimiz mumkin. Iste’dodli rejissor bu yil bo’ydoqlar safidan chiqadi. Uning nikoh to’yi qachon va qayerda bo’lishi haqida esa keyinroq nasib qilsa to’xtalib o’tamiz.

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 207 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *