Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 May, 2007

«Jazo»ning yopiq namoyishi…

JazoEstrada va kino yuluzlari bugun bir davraga yig’ildilar. Bunga sabab esa «Jazo» filmining navbatdagi yopiq namoyishi edi. Film ijodkorlari barcha yulduzlarimizni «Zarafshon» kinosaroyiga to’plab, ajoyib dasturxon tuzagan holda filmni namoyish etdilar.

Bugungi film namoyishi haqida so’zlashga til ojiz, zero anchadan buyon buncha ko’p yulduzlar bir davraga to’planmayotgan edilar. Xonandalar, aktyorlar, qiziqchilar, tele va radio boshlovchilar, rejissorlar… xullas barcha ijodkorlar ahli shu yerda jamuljam edilar. Film namoyishi o’ziga hos ketma-ketlik tarzida, bayramona ruhda o’tdi. Avvalo, «Zarafshon» kinosaroyiga tashrif buyurishimiz bilan orekstrning kuyiga va yulduzlar yog’dusiga guvoh bo’ldik. So’ngra, ajoyib tarzda tuzilgan dasturxon atrofida o’tirib, shou dasturni tomosha qildik. Dasturni O’zbekistonda Xizmat ko’rsatgan artist, ajoyib qiziqchi Mirzabek Xolmedov olib bordilar. Dastur davomida estradamiz yulduzlari o’zlarining qo’shiqlari bilan chiqish qildilar. Film ijodkorlari bilan tanishuv ham o’zgacha o’tdi. Va nihoyat 19:00da film namoyishi boshlandi.

Qo’shimcha ma’lumot: «Jazo» filmi 1 iyundan e’tiboran «G’uncha» kinoteatri hamda Kinochilar uyida ham namoyish etiladi. Seanslar 11:00, 13:00, 15:00, 17:00, 19:00 hamda 21:00 da bo’lib o’tadi.

Jazo

Jazo

Jazo

Jazo

Jazo

Jazo

Jazo

Jazo

Jazo

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *