Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Apr, 2007

"Jazo"… yangi kartinani qarshi oling!

JazoYangi kinokartina murakkab dramatik vaziyatlarga boy film. Uning nomi “Jazo”. Mazkur badiiy film ijodkorlari filmni suratga olish ishlarini boshlashdayoq, mazmun mohiyati va yaratilish uslubi o’ziga xos bo’lishiga intilishdi. “Jazo” filmi asosida hayotiy voqe’lik yotadi…

Ya’ni uning g’oyasi aynan kecha va bugunning in’ikosi desak xato emas. Masalan, do’stni do’stga hiyonati, bu orqadan sanchilgan pichoq singari kutilmagan va benihoya og’riqli zarba ekanligi aniq. “Jazo” filmi voqealarini shakllantiruvchi bu g’oya kartina prodyuseri Shamsiddin Isomov tomonidan taklif qilingan. Mazkur g’oya Shoira G’iyosova tomonidan boyitilib, scenariy shakliga keltirilgan. Filmning rejissori esa yosh va iste’dodli debyutant rejissor Akbar Bekturdiev. U yosh bo’lishiga qaramay, «BSH film» studiyasi hamda ijodiy hamkorlarning qo’llab–quvvatlashi bilan kartinani kerakli darajada suratga olishga harakat qildi. Film boshdan–oyoq hayotiy voqealar asosida shakllantirilar ekan, unda insonning hayotidagi g’alaba uchun kurashlari namoyish etiladi. Haqiqatning egilib bukilishi mumkinligi, ammo hech qachon sinmasligi aks etadi. Yana u inson o’zi uchun qadrli tuyg’ular yo’lida har qanday mashaqqatlarga tayyorligini namoyon qiladi.

Bosh rollarda:
Ulug’bek Qodirov
Dilnoza Kubaeva
Lola Eltoeva
Uchqun Tillaev
Seydulla Moldaxanov

Batafsil www.KiNOPORTAL.uz portalidan bilib olishingiz mumkin.

Jazo

Jazo

Jazo

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *